Yurtimizda  o'tkazilayotgan  “Keksalar haftaligi” munosabati bilan joriy yilning 5 oktabr kuni Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimida necha yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan soha fahriylarini madaniy xordiq chiqarishlari uchun Temuriylar tarixi davlat muzeyida ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida nafaqat yurtimiz balki dunyo tarixida  o‘chmas iz qoldirgan Amir Temur va temuriylar tarixi bilan yaqindan tanishishdi. O‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan bir qatorda millatimiz tarixi haqida qiziqarli va kerakli ma‘lumotlarga ega bo‘lishdi. Ekskursiya ko'tarinki ruhda bo‘lib o'tdi.