Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan Boshqarma va uning tizimidagi davlat arxivlarida jismoniy va yuridik shaxslar murojatlari va so‘rovlari ijrosi holati va bu boradagi yuzaga kelayotgan muammolar to‘g‘risida  seminar tashkil etildi. Seminarda rahbar xodimlar va murojaatlar hamda so‘rovlar ijrosiga masʼullar ishtirok etdilar.
       Shuningdek, seminarda  jismoniy va yuridik shaxslar murojatlari hamda so‘rovlari ijrosini taʼminlashda yuzaga kelayotgan muammolar haqida  suhbatlashildi va ularni tezkor bartaraf etish bo‘yicha  choralar belgilandi.