“1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”  munosabati bilan bayram arafasida Toshkent shahar Arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan tizimdagi davlat arxivlari xodimlari farzandlari uchun Toshkent shahar markaziy davlat arxivida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni bolajonlar uchun qiziqarli tashkil etish maqsadida O‘zbekiston yosh tomoshabinlar teatri aktyorlari ishtirokida bolalar  shousi bo‘lib o‘tdi. Tadbir bolalar ishtirokidagi  turli qiziqarli  bellashuvlar, ko‘ngilochar sahna ko‘rinishlari bilan ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Tadbirga arxiv yonida joylashgan maktabgacha taʼlim muassasasining ham tarbiyalanuvchilari taklif etildi. 


 
Shuningdek, tadbir so‘ngida  bolalar shirinliklar dasturxoniga  taklif etildi.