Joriy yilning 14 oktabr kuni Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasida   "21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili berilgan kun" munosabati bilan "O‘zbek adabiy tili tarixi" mavzusida  seminar bo‘lib o'tdi. Mazkur seminar davomida hozirda dunyoda mavjud tillar oilasi, uning tarkibiga kiruvchi tillar, bundan tashqari O‘zbek tilining shakllanish bosqichlari haqida   batafsil ma‘lumot berildi. Seminar so‘ngida hozirda muloqotdan ishlatilmaydigan  so‘zlardan misollar keltirildi.