Toshkent shahar markaziy davlat arxivi majlislar zalida Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi davlat arxivlar rahbarlari hamda xodimlari  ishtirokida  Toshkent shahrida arxiv ishini rivojlantirish  bo‘yicha 2022-yil 9 oy yakunlariga bag‘ishlangan navbatdagi kengaytirilgan direksiya yig‘ilishi  o‘tkazildi.

    Mazkur yig‘ilishda joriy yilning o‘tgan vaqt mobaynida  soha yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hisobi, berilgan topshiriq va vazifalar muhokamasi bo‘lib o'tdi va tegishli qarorlar qabul qilindi.