Vatanni asrab-ardoqlash, himoya qilish har bir insonning muqaddas burchidir. Yurtda vatanni sevadigan, ardoqlaydigan va himoya qiladigan mardlar bor ekan shu yurtning kelajagi porloq. Har bir millat uchun o‘zining tug‘ilib o‘sgan vatanidan qadrliroq narsa bo‘lmaydi.
“Vatan ximoyachilari kuni” munosabati bilan qurolli kuchlarimizning 28 yillik bayramini ko‘tarinki ruhda, keng ko‘lamda o‘tkazish maqsadida Farg‘ona viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan Farg‘ona shahar yuridik kolleji binosida bayram tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirda viloyat davlat arxivi xodimi, avval esa sobiq Sovet SSR va O‘zbekiston milliy qurolli kuchlarida uzoq yillar xizmat qilgan zaxirdagi, Afg‘oniston urushi qatnashchisi podpolkovnik A.Akbarov, sharqiy xarbiy okrug katta leytenant A.Xasanov, shuningdek, viloyat davlat arxivi va Marg‘ilon shahar davlat arxivi direktorlari tadbir qatnashchilarini “Vatan ximoyachilari kuni” bilan tabriklab, ma’ruza qilishdi.
Tadbir davomida viloyat davlat arxivi va Marg‘ilon shahar davlat arxivlari tomonidan tashkil etilgan arxiv xujjatlari va foto ko‘rgazma hamda Qurolli kuchlarimizning yosh desantchilari tomonidan ijro qilingan xarbiy chiqishlar tadbir ishtirokchilarida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etdi.

“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati