Toshkent shahar markaziy davlat arxivida o'zbek adabiyotining so'nmas siymolari Mir Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi va Zahriddin Muhammad Boburning 537 yilligi munosabati bilan arxiv xodimlari ishtirokida tadbir o'tkazildi. Tadbirda ikki buyuk adibning hayoti va ijodidan ma'lumotlar aytilib, sahna ko'rinishi orqali yoritib berildi hamda yosh arxivchilar tomonidan g'azal va ruboiylar o'qildi.