Kunikecha Sergeli tumani hokimyati hamda Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi Toshkent shahar markaziy davlat arxivi hamkorligida 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan tadbir tashkil etildi.Tadbirda 2-jahon  urushi  davriga oid hamda urush davrida mamlakatimizga evakuatsiya qilingan bolalarni asrab olgan oilalar tog’risidagi hujjatlar ko’rgazmasi tadbir qatnashchilariga arxiv xodimlari tomonidan ko’rsatilib batafsil ma’lumot berildi. Tadbir qatnashchilari tomonidanurush davrida yetim qolgan hamda evakuatsiya qilngan bolalarni asrab olgan oilalar tog’risidagi ma’lumotlarga ham juda katta qiziqish bildirildi. Juda qiyin vaziyatda ham bolajon xalqimiz o’zga millatlar bolalarini o’z bolasidek  ulg’aytirdi,  bu esa o’zbek xalqining qanchalik mehribon va insonparvar ekanligining yorqin isbotidir. Arxiv fondidagi urush davriga oid hamda O’zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivining alohida  qimmatli hujjatlari nafaqat arxiv boyligi balki butun xalqimizning milliy boyligi sanaladi, shunday ekan bu hujjatlarni ko’z qorachig’idek asrab- avaylash arxiv xodimlari zimmasidadir.