Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Dildora Kucharovaning tizimdagi davlat arxivlari yoshlari bilan “Ochiq muloqot”i bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi davlat arxivlarida 13 nafar yosh xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda. Boshqarma boshlig‘i bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda arxiv faoliyatini yaxshilash bo‘yicha yoshlarning fikr-mulohazalari, ularni qiynayotgan muammolar va kelajakdagi maqsadlari haqida suhbatlashildi.

Ochiq muloqotda arxivchi yoshlar tomonidan:

arxiv ishi va ish yuritish sohasida so‘nggi yillarda ko‘plab qabul qilingan va amaldagi qonunchilik hujjatlari bo‘yicha kunlik 10 daqiqalik muhokamalar o‘tkazishni joriy etish;

arxiv jamoasida orasida axborotdorlikni oshirish maqsadida, har bir qabul qilingan qaror va buyruqlarni doimiy eʼlon qilib borish;

boshqa arxivlar bilan tajriba almashishni faollashtirish;

xodimlar o‘rtasida arxiv ishining har bir yo‘nalishi bo‘yicha o‘zaro almashinuvchanlikni faollashtirish;

“Ustoz-shogird” yo‘nalishida eng faol “ustoz” va eng faol “shogird”larni alohida rag‘batlantirish;

yoshlarda rahbarlik xususiyatlarini shakllantirib borish maqsadida “Bir kun rahbar bilan” loyihasini amalga oshirish kabi takliflar o‘rtaga tashlanib, maʼqullandi.

https://t.me/uzarxivs

Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг!

Website | Facebook | Telegram