O’zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti Islom Karimov tavallud kunini nishonlash haftaligi munosabati bilan 29-yanvar kuni Toshkent Fotosuratlar uyida “Islom Karimov: Ulkan tarixiy davrni mujassam etgan inson” fotoalbom ko‘rgazmasida Toshkent shahar markaziy davlat arxivi xodimlari ham qatnashib, birinchi prezidentimizning hayoti va faoliyatiga doir fotosuratlar bilan tanishdilar.